O‘zbekistonda sohalar kesimida suvga bo‘lgan yillik ehtiyoji qanchaligi aytildi

O‘zbekistonda sohalar bo‘yicha yiliga o‘rtacha suvga bo‘lgan talab 51 mlrd metr kubni tashkil etadi.
Bu haqda Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev «Hukumat soati»da ma’lum qildi.
Vazirning ta’kidlashicha, bu suvlarning 15-20 foizi respublikamiz hududida shakllansa, qolgan katta qismi qo‘shni davlatlardan oqib keladi.
Tarmoqlar kesimida tahlil qilinadigan bo‘lsa, suvning asosiy qismi ya’ni, 91 foizi (46,5 mlrd metr kub) qishloq xo‘jaligi sohasiga, qolgan 9 foizi (4,5 mlrd metr kub) kommunal xo‘jalik, sanoat va energetika sohalariga to‘g‘ri keladi.
«Xususan, qo‘shni davlatlar bilan suv resurslarini integrallashgan holda boshqarish, transchegaraviy suv resurslari va davlatlararo suv xo‘jaligi obektlaridan birgalikda foydalanish masalalarida faol ikki va ko‘p tomonlama manfaatli hamkorlikda uchrashuvlar tashkil etilib, muhim kelishuvlarga erishilmoqda», – deydi vazir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter