«Uchishni bilmaydigan» ayol samolyotni qo‘ndira oldi
Amerikalik 78 yoshli Eliot Alper ikki motorli samolyotni boshqarayotganida yurak xuruji tutib qoldi. U rafiqasi Ivonn Kinane-Uells hamrohligida Nevadadan Kaliforniya shtati tomon yo‘lga chiqqandi, deb xabar berdi Las Vegas Review hamda Los Angeles Times nashrlari.
Ayol o‘zini yo‘qotib qo‘ymasdan, samolyot boshqaruvini qo‘lga oldi. Aviadispetcherlar yordamida samolyotni Kaliforniyadagi Medouz Fild aeroportiga amallab qo‘ndirdi.
Ammo baxtli xotima bo‘lmadi: shoshilinch yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan, Eliot Alper shifoxonada vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter