Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tramp uchun yangi samolyot armon bo‘lib qoladi

Tramp uchun yangi samolyot armon bo‘lib qoladi

Illyustrativ foto

Boeing kompaniyasi tomonidan AQSh prezidenti uchun yasalayotgan samolyot 2029-yilda yoki undan ham keyinroq tayyor bo‘ladi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Oq uydagi yuqori lavozimli shaxsga ko‘ra, ayrim ishlab chiqaruvchilar faoliyatini to‘xtatgani sababli Boeing kompaniyasi prezident samolyoti uchun butlovchi qismlar ta’minotida muammoga yo‘liqqan.

Qolaversa, oshib borayotgan tahdidlar sharoitida yangi samolyotga qo‘yilayotgan talablar ham o‘zgargan.

Eslatib o‘tamiz, Tramp prezident samolyotini yanada sig‘imliroq Boeing 747-8 ga almashtirish dasturiga (oldingi prezidentlik davrida) 2016-yilda kirishgan, ammo oradan sakkiz yil o‘tib ham samolyot tayyor bo‘lmadi.

Endi esa samolyot kamida 2029-yilda chiqishi mumkin deyilmoqda, biroq, ma’lum sabablarga ko‘ra, undan AQShning boshqa prezidentlari foydalanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring