Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qashqadaryoda o‘nga yaqin IIB amaldori ishdan olindi

Qashqadaryoda o‘nga yaqin IIB amaldori ishdan olindi

Foto: Xabar.uz

Qashqadaryo IIBda qator amaldorlar ishdan olindi, qolganlari esa keskin ogohlantirildi. Bu haqda IIV xabarida aytiladi.

Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan kompleks inspektorlik tekshiruvi natijalari yuzasidan Ichki ishlar vaziri tomonidan respublika ishchi guruhi, viloyat hamda tuman-shahar ichki ishlar organlarining mas’ul rahbarlari va shaxsiy tarkibi ishtirokida hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda xizmat faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan sohaviy xizmatlar hamda hududiy IIB rahbarlari faoliyatiga huquqiy baho berildi.

Jumladan, Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan viloyat IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari, viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘ining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, Ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘limi boshlig‘i, Ko‘kdala va Kitob tumanlari IIB boshliqlari, Koson va Kasbi tumanlari IIB boshliqlarining birinchi o‘rinbosarlari, Muborak tumani va Qarshi shahri IIB Jamoat xavfsizligi xizmati bo‘yicha o‘rinbosarlari egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, viloyat IIB boshlig‘ining Jamoat xavfsizligi bo‘yicha o‘rinbosari, Tergov boshqarmasi boshlig‘i, Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i, Yo‘l harakati xavfsizligi Qidiruv-surishtiruv bo‘linmasi boshlig‘i, Kasbi tumani IIB boshlig‘i va uning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, Qarshi shahar, Koson va Muborak tumani IIB boshliqlariga keskin intizomiy jazolar qo‘llanildi, deyiladi xabarda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring