Bomba haqidagi ogohlantirishdan so‘ng American Airlines samolyoti Rimga qo‘ndirildi

American Airlines aviakompaniyasining Nyu-Yorkdan Nyu-Deli (Dehli)ga parvoz qilgan Boeing 787-9 samolyoti, bortida bomba borligi haqidagi xabardan so‘ng, Rimga qo‘ndirildi. Bu haqda ABC o‘z manbalariga asoslanib xabar berdi.
Vaziyatdan xabardor nomi sir tutilgan yuqori mansabli shaxsning aytishicha, portlash xavfi haqidagi xabar elektron pochtadan kelgan. Hindiston hukumati samolyot mamlakat hududiga qo‘nishidan oldin unda portlovchi modda bor-yo‘qligini tekshirishni talab qilgan. Turkmaniston osmoniga yetib kelgan havo kemasi shundan so‘ng yo‘nalishini Italiyaga o‘zgartirgan.
Ayni paytda samolyot va uning yo‘lovchilari Rimdagi Fyumichino aeroporti xodimlari tomonidan tekshirilmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter