Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uchuvchi va uning ikki qizi mo‘jiza yuz berib omon qolishdi

Uchuvchi va uning ikki qizi mo‘jiza yuz berib omon qolishdi

Foto: Gunes.com

AQShda 38 yoshli uchuvchi va uning ikki qizi mo‘’jiza yuz berib omon qolishdi, deb xabar berdi New York Post.

Ular Piper PA-12 Super Cruiser samolyotida parvoz qilayotib, Alyaskadagi Tustumen muzli ko‘liga qulashgan. Qutqaruvchilar yetib kelgunicha, avariyadan omon qolgan uchuvchi va qizlari samolyot qanotlariga chiqib olib jon saqlashgan.

Alyaska milliy gvardiyasi vertolyoti jabrlanuvchilarni eng yaqinda joylashgan aholi maskaniga yetkazdi. Qutqaruvchilarning aytishicha, aviahodisa ishtirokchilari sog‘-omon.

«Erkak yaxlashning dastlabki bosqichida bo‘lgan. Qizlarning kiyimlari quruqligi sababli, ularga hech narsa qilmagan. Bu halokatdan omon qolishning eng yaxshi ssenariysi. Ancha yomon bo‘lishi mumkin edi», — deya voqeani izohladi 207-aviatsiya polki boshlig‘i, podpolkovnik Brendon Holbruk.

Qulagan samolyotni uchuvchi Terri Godes topdi. Samolyot bo‘laklarini topishga umid qilgan uchuvchi tirik qolgan oilani ko‘rib hayratini yashira olmaganini aytdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring