Rossiyaning Ukraina orqali gaz eksporti to‘xtadi
Rossiya Ukraina hududi bo‘ylab gaz o‘tkazishni to‘xtatdi.
Rossiyaning "Gazprom" kompaniyasi, kutilganidek, Moskva vaqti bilan ertalab soat 8:00 dan (Kiyev vaqti bilan 7:00, London vaqti bilan 5:00) Ukraina orqali gaz tranziti to‘xtatilganini tasdiqladi.
"Gazprom" o‘z matbuot bayonotida 1-yanvar kuni erta tongda "Gazprom"ning Ukrainaning "Naftogaz" kompaniyalari va Ukrainaning gaz uzatish tizimi operatori bilan 2019-yilda imzolagan gaz tranziti bo‘yicha kelishuvlari muddati tugaganini eslatib o‘tadi.
“Ukraina tomoni ushbu kelishuvlarni uzaytirishdan bosh tortgani sababli, “Gazprom” 2025-yil 1- yanvardan boshlab Ukraina hududi orqali tranzit uchun gaz yetkazib berish texnik va huquqiy imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. Moskva vaqti bilan soat 8:00 dan boshlab Rossiya gazini Ukraina hududi orqali tashish uchun yetkazib berish amalga oshirilmayapti”, — deyiladi Rossiya kompaniyasi matbuot xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter