Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»

Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»

Foto: Meduza LIVE

Rossiya davlat dumasi deputati Sergey Morozov Yekaterinburgda o‘tkazilgan «Rossiya shaharlari» forumida oliy ma’lumotli kishilarning kurerlik qilishini «vatanparvarlikka zid», deya ta’rifladi.

«Ikki yildirki (talabalar o‘rtasida) so‘rov o‘tkazyapmiz. Kimlardir pitssa va boshqa narsalar tashib yuribdi. Moskvadagi nufuzli universitetlarni tamomlagan yoshlarning 40 foizi mutaxassisligi bo‘icha ishlashni istamayapti! Bu mamlakatga nisbatan vatanparvarlikka zid, boshqacha aytish mumkinmas», — dedi deputat.

«Yagona Rossiya» partiyasi a’zosi boshqa deputatlar bilan birgalikda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini «o‘ta muhim» sohalarga biriktirib qo‘yish majburiyati yuklanadigan qonun loyihasi ustida ishlashayotgani haqida ma’lum qildi.

«Migrant servis» agentligi tahlilchilariga ko‘ra, sentyabr oyi boshlarida migrantlarning ommaviy deportatsiya qilinishi fonida kurerlarga to‘lanadigan ish haqi maksimumi 155 ming rublga yetgan. Bu endi ish boshlayotgan IT-mutaxassislar maoshi bilan teng, deb yozgan Forbes.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring