Rossiya va Tojikiston o‘rtasidagi aviaparvozlar arzonlashishi mumkin

Rossiya va Tojikiston ikki mamlakat o‘rtasidagi aviaparvozlar narxini arzonlashtirish masalasini ko‘rib chiqyapti. Bu haqda Rossiyaning Tojikistondagi elchisi Semyon Grigorev TASSga ma’lum qildi.
«Sayyohlar oqimini oshirish uchun sharoitlar yaratish, jumladan, aviareyslar sonini ko‘paytirish va ularning narxini arzonlashtirish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda», — dedi elchi.
Grigorevning aytishicha, Rossiya fuqarolari Tojikistonga eng ko‘p sayohatga kelayotgan besh mamlakat qatoriga kiradi. Xususan, 2024-yilning yanvar–avgust oylarida Tojikistonga 117,29 ming nafar rossiyalik sayyoh kelib ketgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter