Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiya internet tarmog‘ida yirik nosozlik yuz berdi

Rossiya internet tarmog‘ida yirik nosozlik yuz berdi

Rossiyada internet tarmog‘ida katta uzilish yuz berdi. Bir nechta aloqa operatorlari abonentlari muammolarga duch kelishdi

Downdetector.su ma’lumotlariga ko‘ra, Bilayn, Megafon, Rostelekom va MTS mijozlari orasida muammolar kuzatilmoqda, Dom.ru Tele 2 va MGTS operatorlari ishida ham uzilishlar yuz bergan. 

Ko‘pgina veb-saytlar ochilmagag, mobil ilovalar, jumladan, banklar va Telegram ilovalari ishlamaydi. RBK nashrining ta’kidlashicha, nosozliklarni kuzatish xizmatlari ham ochilmaydi. 

Mash Telegram-kanalining yozishicha, Roskomnadzor matbuot xizmati nosozliklarga nima sabab bo‘layotganini izohlamagan. 

 “Barcha operatorlar bo‘yicha nosozliklar qayd etilmoqda, nosozlik sabablari aniqlanmoqda”, — deyiladi xabarda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring