Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kiyev asirga olingan KXDR askarlarini ma’lum shart evaziga Pxenyanga topshirmoqchi

Kiyev asirga olingan KXDR askarlarini ma’lum shart evaziga Pxenyanga topshirmoqchi

Ukraina prezidenti Rossiyada saqlanayotgan ukrainalik harbiy asirlarni qaytarish evaziga asirga olingan Shimoliy Koreya askarlarini Pxenyanga topshirishga «tayyor». Bu haqda Volodimir Zelenskiy yakshanba kungi videomurojaatida aytib o‘tdi.

Bu bayonot Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXX) shanba kuni Shimoliy Koreyaning ikki askari Kursk viloyatida asirga olingani haqida e’lon qilganidan keyin yangradi.

«Ukraina xavfsizlik xizmati Shimoliy Koreyadan kelgan harbiy asirlar bilan ishlashda davomida ulardan biri Ukrainada qolish, ikkinchisi esa o‘z yurtiga – Koreyaga qaytish istagini bildirgan. Agar Kim Chen In hech bo‘lmaganda o‘z fuqarolarini eslasa va Rossiyada saqlanayotgan askarlarimizni almashtirishni tashkil qilsa, biz bunday askarlarni topshirishga tayyormiz. Shubhasiz, Shimoliy Koreya harbiy asirlari ko‘payadi», – deydi Zelenskiy.

Ukraina prezidenti qaytishni istamagan Shimoliy Koreya askarlari uchun boshqa variantlar ham bo‘lishi mumkinligiga shama qilgan.

Ukraina xavfsizlik xizmati rasmiysi ism-shariflari oshkor etilmagan ikki harbiy asirning so‘roq va davolanish uchun Kiyevga yuborilganini ma’lum qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring