Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada muhojirlarning turmush qurishi qiyinlashtirilmoqda

Rossiyada muhojirlarning turmush qurishi qiyinlashtirilmoqda

Rossiya FHDYo xodimlari agar xorijlik kelin yoki kuyov nazorat ostidagi shaxslar reyestriga kiritilgan bo‘lsa, nikohni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishlari mumkin.

Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Adliya vazirligi buyrug‘iga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Ichki ishlar vazirligining yangi qoidalari 2025-yil 5- fevraldan kuchga kiradi. Endilikda FHDYo xodimi xorijlik yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning nazorat qilinadigan fuqarolar ro‘yxatida mavjudligini tekshirishi mumkin bo‘ladi. Ushbu ro‘yxatda bo‘lish nikohni ro‘yxatga olishni rad etish uchun asos hisoblanadi.

"Rossiya Federatsiyasidagi xorijiy fuqarolarning huquqiy holati to‘g‘risida" Federal qonunining yangi normalariga muvofiq, Rossiyada qolish uchun qonuniy asosga ega bo‘lmagan chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga chiqarib yuborish tartibi qo‘llaniladi. Ular nazorat qilinadigan shaxslar reyestriga kiritiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring