Oltin uchun dekabrdan buyon eng qimmat narx belgilandi
2024-yilning 13-dekabridan buyon birinchi marta oltin narxi 1 unsiya (28,35 gramm) uchun $2 700 dan yuqoriladi.
Bugun bizning vaqt bilan soat 11:15 da Comex (Nyu-York) birjasida fevral uchun oltin fyuchersi oldingi savdo yopilishiga nisbatan 9,39 dollar yoki 0,35 foiz qimmatlab, 1 troya unsiyasi uchun $2 700 gacha yetdi.
O‘tgan yil oktyabri ikkinchi yarmida Chikago tovar birjasi (CME)dagi savdolarda tarixda birinchi marta oltin uchun 2 712,25 dollar qiymat belgilangan edi. CME savdolarida dekabr fyuchersi 1 unsiyasi uchun $2 711,05 ni tashkil etgandi. O‘shanda ushbu qimmatbaho metall qiymati so‘nggi 14 yildagi eng maksimal yillik o‘sish (30 foiz)ni namoyon etgandi.
Noyabr oyida Bloomberg agentligi UBS prognoziga asoslanib 2025-yil oxiriga borib birjadagi oltin narxi 2 900 dollargacha qimmatlashishi haqida yozgandi. Qolaversa, kompaniya tahlilchilari bashoratiga ko‘ra, 2026-oxirida oltinning 1 unsiyasi narxi 2 950 dollardan oshadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter