Samarqandda 2 nafar oltin izlovchi shaxtada gazdan zaharlanib vafot etdi
Samarqand viloyati Paxtachi tumani «Qarnabota» MFY hududida tarkibida oltin bo‘lgan toshlarni kavlab olish uchun shaxtaga tushgan 5 nafar fuqaroning 2 nafari voqea joyida vafot etgan. Ularning o‘limiga shaxtaga olib tushilgan generatordan chiqqan is gazi sabab bo‘lgan.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning «xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, ushbu tumanning Guliston mahallasida yashovchi 5 kishi — J.S., O‘.E., S.N., Yu.A. va E.B. joriy yil 9 yanvar kuni soat 20:00 atrofida oltin qumlarini olish maqsadida «Qoraqo‘ton» tog‘ koniga qarashli shaxtaga tushgan. Ular shaxtaga tarkibida oltin moddasi bo‘lgan toshlarni kovlab olishga asqatadigan generator va boshqa uskunalarni ham olib tushishgan.
Ish jarayonida generatordan is gazi ajralib chiqqan. Oqibatda esa J.S. va O‘.E. (30 va 20 yoshli yigitlar)lar gazdan zaharlanib, shaxta ichi pastki qismiga yiqilib tushgan hamda voqea joyida vafot etgan.
Qolgan 3 nafar fuqaro esa is gazidan zaharlanish bilan 10-yanvar kuni soat 03:30 atrofida tuman markaziy shifoxonasiga keltirilgan.
Hozirda marhumlarning o‘limi yuzasidan sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter