Italiyalik «Robinzon Kruzo» 85 yoshida vafot etdi
Italiyaning Budelli orolida (Sardiniya yaqinida joylashgan) o‘ttiz yildan ortiq yolg‘iz hayot kechirgan Mauro Morandi 85 yoshida vafot etdi. 2021-yilda Italiya hukumati orolga Milliy bog‘ maqomini bergach, u katta dunyoga qaytgan. Tamaddunni qaytadan kashf etgan Morandi hatto ijtimoiy tarmoqda sahifa ochgan, oroldagi hayoti haqida kitob yozgan.
Mauro Morandi Budelli orolida yashovchi yagona inson ekani ma’lum bo‘lgach, matbuot uni «Robinzon Kruzo» deb ta’riflay boshladi. Morandi tarki dunyo qilib yashaganidan doim faxrlanib kelgan.
Umuman olganda, Morandi ham Robinzon Kruzo kabi kema voqeasi sababli orolda qolib ketgan. Faqat ixtiyoriy ravishda. 1989-yilda Polineziyaga katamaranda suzib ketishga uringanida kemasi cho‘kib ketadi. O‘zi esa shu orolda qolib, odamlardan yiroqda yashashni ixtiyor qiladi.
Uning baxtiga Budelli oroliga qarovchi odam shu paytda pensiyaga chiqib ketayotgandi. Morandi fursatni boy bermay uning o‘rnini egallab, o‘ttiz yildan ziyod go‘zal tabiatli orolni ko‘z qorachig‘idek asrab keldi.
Zamonaviy Robinzon 2021-yilda oroldan qaytganidan so‘ng, o‘zi tug‘ilib o‘sgan va jismoniy tarbiy o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan (Italiya shimolidagi) Modena shahrida yashagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter