Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boltiqbo‘yi mamlakatlari Rossiya energiya tarmog‘idan uzildi

Boltiqbo‘yi mamlakatlari Rossiya energiya tarmog‘idan uzildi

Foto: Glavred.info

Boltiqbo‘yi mamlakatlari Rossiya energiya tarmog‘idan uzildi.

Litva, Latviya va Estoniya energiya tizimlari o‘chirilganidan so‘ng bir necha soat muqobil ravishda ishlab turadi va 9-fevral kuni oxiriga qadar Yevropa energetika tizimga ulanadi. Bu tizimga kontinental Yevropaning barcha mamlakatlari, shuningdek, Turkiya, Jazoir, Marokash va Tunis ulangan.

Elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar ehtimoli yo‘q emas, shuni nazarda tutgan Boltiqbo‘yi mamlakatlarining hukumatlari o‘z aholisini mobil telefonlari va noutbuklarini quvvatga to‘ldirib qo‘yishga chaqirdi.

Rossiya elektr tarmog‘idan uzilish rejasini Latviya, Estoniya va Litva 2017-yilda e’lon qilgandi. Rossiya Ukrainaga urush ochganidan so‘ng jarayon tezlashib ketdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring