«Yuventus»dagi yulduzli juftlikning uyini o‘g‘ri urib ketdi
O‘tgan dam olish kunlari Turinning «Yuventus» ayollar jamoasi futbolchisi Alisha Lemann va uning yigiti Duglas Luisning uyini o‘g‘ri urib ketdi, deb xabar berdi La Gazzetta dello Sport.
Duglas Luis — «Yuventus» erkaklar jamoasi yarimhimoyachisi.
Bu paytda Luis Turinga kelgan «Latsio»ga qarshi o‘yinni o‘tkazishga ketgan, Lemann esa «Inter»ga qarshi safar o‘yinida bo‘lgan.
Braziliyalik futbolchining umumiy qiymati 500 ming yevrolik 11 dona soati, Lemanning esa brilliant taqinchoqlari yo‘qolgan.
Shveysariyalik Alisha Lemann ijtimoiy tarmoqlarda ancha mashhur: Instgramda 16,6 mln, TikTokda 11 mln obunachisi bor — ayol futbolchilar orasida yaqqol yetakchi.
Turinga kelguncha har ikki futbolchi Angliyaning «Aston Villa» jamoalarida to‘p surishgan.
Politsiya o‘g‘rilarni qidirishni boshlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter