Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xavfli kontrabanda: Surxondaryoda 750 ming quti muddati o‘tgan kontrabanda tamaki mahsuloti yo‘q qilindi

Xavfli kontrabanda: Surxondaryoda 750 ming quti muddati o‘tgan kontrabanda tamaki mahsuloti yo‘q qilindi

Surxondaryo bojxona boshqarmasi kontrabanda tamaki mahsulotlarining yirik partiyalarini musodara etibgina qolmay, aybdorlar javobgarlikka tortilishiga ham muvaffaq bo‘ladi.

Sherobod tuman jinoiy ishlar bo‘yicha tuman sudining hukmiga ko‘ra, 10,2 milliard so‘mlik 749,9 ming quti kontrafakt sigaretni noqonuniy olib kirishda aybdor deb topilgan fuqaro 5 yilu 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Hukm kuchga kirgandan keyin musodara etilgan tamaki mahsuloti yo‘q qilindi.

Bu qaror huquqni muhofaza qilish organlarining noqonuniy tamaki mahsuloti aylanmasiga qarshi kurashdagi qat’iyatini namoyon etuvchi muhim signaldir.

Bu yo‘nalishdagi ishlarni kuchaytirish doirasida Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qilish organlari hamkorlikda 2023-2024 yillarda bojxona qonunchiligini buzishga oid 117 ta holatni aniqladi. Jami summa 55,5 mlrd so‘mga teng 3,2 million quti tamaki mahsulotining bojxona chegarasi orqali noqonuniy olib o‘tilishining oldini oldi va viloyat hududi ichida noqonuniy tamaki aylanmasiga oid qator tekshiruvlar o‘tkazildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring