Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiya hukumati O‘zbekistonga yangi elchisini jo‘natdi

Turkiya hukumati O‘zbekistonga yangi elchisini jo‘natdi

Turkiya hukumati O‘zbekistondagi elchixonasiga Ufuk Ulutashni rahbar etib tayinladi.

Ufuk Ulutash bugun, 27-fevral kuni O‘zbekiston TIV rahbariga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.

«Bugun Ufuk Ulutash janoblaridan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik. O‘zbekiston va Turkiya nafaqat ikki tomonlama sherikchilik darajasida, balki mintaqaviy hamkorlikni kengaytirishda ham faol davom etmoqda.

Ishonchimiz komilki, birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz har ikki mamlakat ravnaqi va taraqqiyotiga xizmat qiladi. Janob Elchini ushbu lavozimga tayinlangani bilan samimiy tabriklaymiz va diplomatik missiyasida muvaffaqiyatlar tilaymiz», – deb yozadi O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyaning O‘zbekistondagi avvalgi elchisi 2021-yildan buyon shu lavozimda ishlab kelgan Olgan Bekar edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring