Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropaliklar Ukrainaga bir necha daqiqa ajratishdi

Yevropaliklar Ukrainaga bir necha daqiqa ajratishdi

Foto: Haqqin

Yevropa Ittifoqining 6-mart kuni o‘tkazilgan sammiti 10 soatga yaqin davom etdi va unda asosan ittifoqning 800 mlrd yevrolik mudofaa rejasini qanday qilib moliyalashtirish masalasi muhokama qilindi.

Politico yozishicha, yevrosammitda Ukraina bo‘yicha muzokaralarga 15 daqiqacha vaqt ajratilgan.

«Ular Ukraina pozitsiyalarini mustahkamlash bo‘yicha qandaydir yangi majburiyatlar borasida bir to‘xtamga kelisha olishmadi. Muzokaralar 15 daqiqada tugadi. Xulosani shundan chiqarib olish mumkin», — deyiladi xabarda.

Shuning barobarida, YI diplomatlari Ukraina uchun bo‘lg‘usi qurolli yordam paketlari ustidagi ishlar davom etishini nashrga ma’lum qilishgan.

Avvalroq, Yevropa Ittifoqi 800 mlrd yevro qiymatidagi mudofaa rejasini tasdiqlagani haqida xabar bergandik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring