Rossiya Ukrainada vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatishni muhokama qilishga tayyor – Bloomberg

Rossiya Ukrainada vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatishni muhokama qilishga tayyor. Bu haqda Bloomberg Moskvadagi xabardor manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Agentlik manbalariga ko‘ra, Kreml harbiy harakatlar to‘xtatilgunga qadar yakuniy tinchlik shartnomasining asosiy tamoyillari haqida aniq tushunchaga ega bo‘lishni istaydi.
Moskva, xususan, ehtimoliy tinchlikparvarlik missiyasi parametrlarini, jumladan, Ukrainaga o‘z tinchlikparvar kuchlarini yuborishi mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxatini oldindan aniqlashni talab qiladi.
Kelgusi hafta Ar-Riyodda AQSh va Ukraina rasmiylari o‘rtasida Kiyev va Moskva o‘rtasida potensial tinchlik kelishuvini muhokama qilish uchun uchrashuv bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp 7 mart kuni Rossiyani agar Moskva tinchlikka erishish uchun yetarlicha sadoqat ko‘rsatmasa, «katta» sanksiyalar bilan tahdid qilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter