Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Trampning g‘azoliklarni ko‘chirish g‘oyasi uni impichment xavfi ostida qoldirdi

Trampning g‘azoliklarni ko‘chirish g‘oyasi uni impichment xavfi ostida qoldirdi

AQShning Texas shtati Vakillar palatasining demokrat a’zosi El Grin G‘azo sektorini nazoratga olish rejalari haqidagi bayonotidan so‘ng AQSh prezidenti Donald Trampga qarshi impichment e’lon qilishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

«Etnik tozalash — bu hazil ish emas, ayniqsa, buni dunyodagi eng nufuzli shaxs — AQSh prezidenti aytayotgan bo‘lsa. U aytayotganini amalga oshirish imkoniyatiga ega.

Men prezidentga uning qabih takliflari va harakatlari uchun ayblov qo‘yishimni e’lon qilaman», – dedi Grin Vakillar palatasi majlisida.

Kongressmenning ta’kidlashicha, prezidentga qarshi impichment jarayoni boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, seshanba kuni Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan uchrashuvda Tramp G‘azo sektori boshqaruvini Qo‘shma Shtatlar o‘z qo‘liga olishi mumkinligi haqidagi fikrni ilgari surdi. U amerikaliklar urushdan vayron bo‘lgan hududni tozalash va tiklash uchun mas’ul bo‘lishi kerakligini aytdi, ammo u yerda kim yashashi mumkinligi haqida hech qanday ma’lumot bermagan.

U, ushbu rejasida g‘azoliklarni Misr va Iordaniya kabi qo‘shni arab davlatlariga ko‘chirib turish fikrida sobit.

Demokratlar esa Trampning ushbu tashabbusini tanqid qilib, G‘azo sektorini nazorat qilish g‘oyasini «etnik tozalash» deb atadi.

Trampning ushbu rejalarini deyarli barcha yirik davlatlar, jumladan, Xitoy, Rossiya, Yevropa Ittifoqi va Yaqin Sharq davlatlari tanqid ostiga olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring