Tramp saylovchilar kollegiyasida ham g‘alaba qozondi
CNN xabariga ko‘ra, AQSh prezidentiligi uchun saylovda Donald Tramp uchun saylovchilar kollegiyasi rasman 312 ta ovoz berdi. G‘alaba uchun kamida 270 ta ovoz to‘plash kerak edi.
Uning raqibi Kamala Harris 226 ta ovoz to‘pladi.
Garchi Tramp saylovda g‘olib chiqqani 6-noyabrda e’lon qilingan bo‘lsa-da, buni saylovchilar kollegiyasi rasman tasdiqlashi ham talab etilardi. Ta’kidlanishicha, Tramp uchun eng ko‘p ovozni texasliklar berishdi.
2025-yilning 6-yanvarida ovozlarni rasman hisoblash marosimi o‘tkaziladi. O‘sha kuni Donald Tramp AQShning navbatdagi prezidenti, Jey Di Vens vitse-prezidenti deb e’lon qilinadi. Inuguratsiya 20-yanvarda o‘tkaziladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter