Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Amerikaliklar zudlik bilan Belarusni tark etishga chaqirildi

Amerikaliklar zudlik bilan Belarusni tark etishga chaqirildi

AQSh Davlat departamenti «oldindan aytib bo‘lmaydigan xaflar tufayli» amerikaliklarni Belarusni zudlik bilan tark etishga chaqirdi.

«Belarus hukumati mahalliy qonunlarni o‘zboshimchalik bilan qo‘llashi va hibsga olish xavfi, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini qo‘llab-quvvatlashi, mintaqaviy beqarorlik va oldindan aytib bo‘lmaydigan xavflar tufayli Belarusga sayohat qilmang.

Agar Belarusda bo‘lsangiz, zudlik bilan mamlakatni tark eting!» – deyiladi AQSh Davlat departamenti veb-saytida e’lon qilingan xabarda.

Davlat departamenti buni, jumladan, «Belarusda istiqomat qilayotgan yoki sayohat qilayotgan AQSh fuqarolariga yordam berish imkoniyati cheklanganligi» bilan ham izohlagan.

Qayd etilishicha, Belarus qonunchiligida ikki fuqarolik tan olinmaydi. Shu sababli hukumat ikki tomonlama AQSh-Belarus fuqarolarining AQSh fuqaroligini tan olishdan bosh tortishi va hibsga olingan taqdirda ikki fuqaroligi bo‘lgan shaxslarga AQSh konsullik yordamini rad etishi yoki kechiktirishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring