Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh O‘zbekiston bilan muzokaralar yakunlanganini e’lon qildi

AQSh O‘zbekiston bilan muzokaralar yakunlanganini e’lon qildi

AQSh Savdo vakili Ketrin Tay bugun Bayden-Xarris ma’muriyati O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlayotgani haqida bayonot berdi.

«AQSh O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish sa’y-harakatlari doirasida O‘zbekiston bilan tovar va xizmatlar bozoriga kirish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar yakunlanganini e’lon qilishdan mamnun. O‘zbekiston 1994 yilda JSTga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirgan va 2020 yilda JSTga a’zo bo‘lish yo‘lida faol ish boshladi. O‘zbekistonning muzokaralarni ilgari surish bo‘yicha qat’iy majburiyatlari so‘nggi ikki yil davomida sezilarli yutuqlarga erishdi, jumladan, ikki tomonlama kelishuvimiz muvaffaqiyatli yakunlandi», deyiladi bayonotda.

O‘zbekiston AQSh bilan Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlagani haqida prezidentning JST masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek Urunov 3 noyabrda yozgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring