Toshkentda kelinlar paradi bo‘lib o‘tadi
Tashkent City xiyobonida 2 iyul kuni kelinlar paradi bo‘lib o‘tadi. Unda 300 nafarga yaqin kelinlar qatnashishi kutilyapti.
Mazkur parad Shosh-fest xalqaro ayollar moda festivali doirasida o‘tkaziladi. Unda nafaqat O‘zbekiston, balki Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkiyadan ham modelerlar ishtirok etadi.
«Biz bunday festivalni har yili o‘tkazmoqchimiz. Tadbir doirasida 300 nafarga yaqin qizlar katta kelinlar paradida qatnashadi. Paradni istagan odam tomosha qilishi mumkin», degan loyiha rejissyori Nozima Hayitmetova.
Kelinlar paradi Toshkentda birinchi marta o‘tkazilayotgani yo‘q. 2019 yil may oyida ham ana shunday tomosha bo‘lib o‘tgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter