Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent va Budapesht o‘rtasida muntazam aviaqatnov yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Toshkent va Budapesht o‘rtasida muntazam aviaqatnov yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Transport vaziri Ilhom Mahkamov Vengriyaning Wizz Air aviakompaniyasi bosh direktori Yojef Varadi hamda ushbu mamlakatning O‘zbekistondagi elchisi Yojef Roja bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuvda Wizz Air aviakompaniyasi tomonidan O‘zbekistondan Yevropaga va O‘zbekiston orqali tranzit havo qatnovlari geografiyasini kengaytirish masalalari muhokama etildi.

Yojef Varadi Wizz Air Abu-Dhabi kompaniyasi Toshkent – Abu-Dabi – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni ko‘paytirish, Namangan va Urganch shaharlari bilan aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdorligini, shuningdek, O‘zbekiston hududida qo‘shma aviakompaniya tashkil etish istiqbollarini ma’lum qildi.

Transport vaziri I.Mahkamov Wizz Air aviakompaniyasiga O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish va joriy yil oxirigacha Toshkent – Budapesht – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reysni tashkil etishni taklif qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring