Toshkentda to‘polonchi o‘quvchini urgan o‘qituvchi jarimaga tortildi

Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 240-maktab o‘qituvchisi o‘quvchini do‘pposlagani haqida videoxabar tarqaldi.
Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Ishchi guruhi mazkur holatni o‘rganib, ayrim tafsilotlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Yunusobod tumanidagi 240-sonli umumta’lim maktabida shu yilning 15-yanvar kuni taxminan soat 16:00 lar atrofida 5-«D» sinf o‘quvchisi M.S. boshlang‘ich ta’lim fani o‘qituvchisi N.Q.ning dars mashg‘ulotiga o‘tishiga xalaqit qilib, sinfxona eshigini bir necha marta tepgan va taqillatgan.
Oqibatda o‘qituvchi N.Q. o‘quvchiga tanbeh berib, M.S.ni sinf rahbari oldiga olib borgan va boshiga bir marotaba urgan.
O‘quvchining onasi O.D. esa o‘qituvchining xatti-harakatidan norozi bo‘lib huquq-tartibot idoralariga shikoyat xati bilan murojaat qilgan. 2025-yil 13-fevral kuni bo‘lib o‘tgan Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi qaroriga ko‘ra, o‘qituvchi Q.N.ga nisbatan MJtKning 33-moddasi qo‘llanilib, jarima jazosi belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter