Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahrining bosh rejasi tasdiqlandi

Toshkent shahrining bosh rejasi tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining joriy yil 24-dekabrdagi 880-son qarori bilan Toshkent shahrining 2045-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan bosh rejasi tasdiqlandi.

Hujjatga ko‘ra, Bosh rejaning asosiy ko‘rsatkichlarini belgilovchi xaritalar Qurilish va uy-joy xo‘jaligi vazirligining Shaharsozlik kadastri geoaxborot tizimida ochiq ma’lumot sifatida joylashtiriladi.

Har qanday qurilish ishlarini amalga oshirish Bosh reja asosida belgilangan tartibda ushbu hududning master-rejasi, batafsil rejalashtirish loyihasi yoki qurilish loyihasi ishlab chiqilib, tasdiqlangan holda amalga oshiriladi.

Shuningdek, Bosh rejaning ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi to‘g‘risida Toshkent shahar hokimining hisoboti har chorakning yakuni bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida eshitib boriladi.

Hujjatga ilova qilingan Bosh rejaning asosiy ko‘rsatkichlarida qayd etilishicha, ushbu hujjat aholi ehtiyojlari, ekologik zonalarni va madaniy merosni himoya qilishni inobatga olgan holda shaharni muvozanatli rivojlantirishga qaratilgan. Bosh reja infratuzilmani modernizatsiya qilish, transport tarmoqlarini rivojlantirish va yashil maydonlarni ko‘paytirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, bu shaharning barqaror rivojlanishini ta’minlaydi.

Bosh rejani ishlab chiqishdan asosiy maqsad esa:

  • qurilishga ruxsat berish jarayonlarini tartibga solish;
  • shaharning muhandislik hamda yo‘l-transport infratuzilmasini, aholi zichligi parametrlarini, shuningdek, umumiy strategiyasini rejelashtirish;
  • shaharning yashil va sanitar himoyalanadigan hududlari hamda madaniy merosini muhofaza qilish;
  • Iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish yo‘llarini belgilash;
  • Aholining bugungi va istiqboldagi talablarini qanoatlantirish.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring