Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent shahar FVB boshlig‘i o‘rinbosari qamoqqa olindi

Toshkent shahar FVB boshlig‘i o‘rinbosari qamoqqa olindi

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari  poraxo‘rlikda gumonlanib qamoqqa olindi.

DXX axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur mansabdor shaxs o‘z xizmat mavqeini suiiste’mol qilib, Toshkent shahrida qurilishi rejalashtirilgan binolarning eskiz loyihasini tasdiqlash, yong‘indan avtomatik tarzda xabar beruvchi qurilmalar bo‘yicha tuzilgan dalolatnomalarni imzolash hamda yangi qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan binolarni Davlat qabul komissiyasiga foydalanishga topshirilishida ijobiy xulosa berish evaziga doimiy ravishda tamagirlik yo‘li bilan pora olib kelgan.

«Eng achinarlisi, bunday ob’yektlar ichida umumiy o‘rta ta’lim maktabi va tibbiyot muassasasi binolari ham bor», – deyiladi xabarda.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring