Ta’mirlash ishlari sabab respublikaning ayrim hududlarida gaz ta’minoti to‘xtatiladi

Ta’mirlash va gaz sizib chiqish holatlarini bartaraf etish ishlari sababli 22 fevral kuni ayrim hududlarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Jumladan:
- Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida 10:00 dan 17:30 gacha 2840 ta aholi va 54 ta ulgurji iste’molchilarda;
- Buxoro viloyati Buxoro shahrida 08:00 dan 18:00 gacha 7000 ta aholi iste’molchilarida;
- Qashqadaryo viloyati Koson tumanida 09:00 dan 18:00 gacha 9147 ta aholi va 95 ta ulgurji iste’molchilarda;
- Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida 10:00 dan 17:00 gacha 1966 ta aholi va 26 ta ulgurji iste’molchilarda;
- Xorazm viloyati Bog‘ot, Xonqa va Shovot tumanlari va Xiva shahrida 09:00 dan 18:00 gacha 32264 ta aholi va 692 ta ulgurji iste’molchilarda;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanida 09:00 dan 18:00 gacha 849 ta aholi iste’molchilarida.
Xabarda ta’mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng gaz ta’minoti qayta tiklanishi aytiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter