Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda 7 nafar «gaz» va «svet» xodimlari qo‘liga majlisdayoq kishan taqildi

Samarqandda 7 nafar «gaz» va «svet» xodimlari qo‘liga majlisdayoq kishan taqildi

Bosh prokuror o‘rinbosari Sh.Aminov rahbarligida Samarqand viloyatida energetika sohasida sodir etilayotgan korrupsion holatlar hamda tizimni «korrupsiyasiz soha»ga aylantirish bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda, «Hududiy elektr tarmoqlari» va «Hududgazta’minot» aksiyadorlik jamiyatlari Samarqand viloyati hamda tumanlar va shaharlar filiallari xodimlari, shuningdek, boshqa mas’ullar ishtirok etgan.

Yig‘ilish jarayonida ta’minot korxonalarining korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir qilganlikda ayblangan 7 nafar xodimiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Shuningdek, yig‘ilish so‘ngida sohadagi korrupsiyaviy holatlarning oldini olish maqsadida ta’minot korxonalari rahbarlariga sohada keskin o‘zgarishlar qilish, ijro va mehnat intizomini qat’iy ta’minlash, ayniqsa, xodimlar o‘rtasida profilaktika choralarini yanada kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring