Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ta’mirlash ishlari sabab respublikaning ayrim hududlarida gaz ta’minoti to‘xtatiladi

Ta’mirlash ishlari sabab respublikaning ayrim hududlarida gaz ta’minoti to‘xtatiladi

Ta’mirlash va gaz sizib chiqish holatlarini bartaraf etish ishlari sababli 22 fevral kuni ayrim hududlarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Jumladan:

  • Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida 10:00 dan 17:30 gacha 2840 ta aholi va 54 ta ulgurji iste’molchilarda;
  • Buxoro viloyati Buxoro shahrida 08:00 dan 18:00 gacha 7000 ta aholi iste’molchilarida;
  • Qashqadaryo viloyati Koson tumanida 09:00 dan 18:00 gacha 9147 ta aholi va 95 ta ulgurji iste’molchilarda;
  • Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida 10:00 dan 17:00 gacha 1966 ta aholi va 26 ta ulgurji iste’molchilarda;
  • Xorazm viloyati Bog‘ot, Xonqa va Shovot tumanlari va Xiva shahrida 09:00 dan 18:00 gacha 32264 ta aholi va 692 ta ulgurji iste’molchilarda;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanida 09:00 dan 18:00 gacha 849 ta aholi iste’molchilarida.

Xabarda ta’mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng gaz ta’minoti qayta tiklanishi aytiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring