Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Milliardlik loyihalar — biznesini yo‘lga qo‘yishni istaganlar uchun foydali muloqot

Milliardlik loyihalar — biznesini yo‘lga qo‘yishni istaganlar uchun foydali muloqot

Nukus shahrida «Talaba, bank va biznes» mavzucida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Bu haqda bank axborot xizmati xabar berdi.

Tadbirda «Mikrokreditbank» ATB Boshqaruv raisi o‘rinbosari Shahlo Ibragimova hamda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining iqtisodiyot yo‘nalishi talabalari o‘zaro muloqot qildilar. Uchrashuv yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish, ishbilarmonlik muhitiga tayyorlash hamda bank sohasi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tashkil etildi.

Ma’lumki, 14 fevral kuni Prezidentimiz yoshlar bilan uchrashuvida yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ular uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish va yoshlarning g‘oyalarini startaplarga aylantirish masalalari muhokama qilindi. Mikrokreditbank ushbu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab, yoshlar uchun ishbilarmonlik muhitini shakllantirish va ularni tadbirkorlikka jalb qilish borasida amaliy ishlarga kirishdi.

Uchrashuv davomida talabalar nafaqat bank va biznes haqida ma’lumot oldilar, balki amaldagi yirik loyihalar bilan ham tanishdilar.

Dastlab, uchrashuv ishtirokchilari Nukus shahridagi bug‘doyni qayta ishlash zavodiga tashrif buyurdilar. Loyiha qiymati 16 milliard so‘mni tashkil etib, uni ishga tushirish uchun Mikrokreditbank tomonidan 10 milliard so‘m kredit mablag‘lari ajratilgan. Natijada 50 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Korxona yiliga 12 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ega bo‘lib, ichki bozor va eksport uchun mahsulot yetkazib bermoqda.

Shuningdek, talabalarni qiziqtirgan yana bir yirik loyiha — «PRIME MEDICAL GROUP» tibbiy xizmatlar markazi bo‘ldi. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun Mikrokreditbank tomonidan 21 milliard so‘m kredit mablag‘i ajratilgan bo‘lib, uning umumiy qiymati 30 milliard so‘mni tashkil etadi. Bu markaz ishga tushishi natijasida 45 ta doimiy ish o‘rni yaratilgan.

Loyihalar bilan tanishish jarayonida yoshlar bank tizimi nafaqat moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilot, balki iqtisodiy rivojlanish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashda muhim vosita ekanini angladilar.

Uchrashuv doirasida faol talabalar bank amaliyotiga jalb qilindi. Ular Mikrokreditbankning ichki jarayonlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ushbu tashabbus bank sohasida ishlashni maqsad qilgan yoshlar uchun tajriba maktabi, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishni istaganlar uchun esa mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring