Rossiyada ko‘pxotinlilikka ruxsat bekor qilindi
Rossiya Musulmonlar diniy boshqarmasi Ulamolar kengashi ko‘pxotinlilikka ruxsat beruvchi fatvoni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda kengash raisi Shamil Alyautdinov o‘zining Telegram-kanalida xabar berdi.
Uning ta’kidlashicha, fatvoni bekor qilish qarori Bosh prokuratura so‘rovi, shuningdek, jamoatchilikning munosabati bilan bog‘liq.
Avvalroq Ulamolar kengashi er barcha xotinlarga adolatli va teng munosabatda bo‘lishi sharti bilan Rossiya musulmonlariga to‘rttagacha diniy nikohga kirishga ruxsat bergandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter