Qirg‘izistonda yangi bosh vazir tayinlandi
Odilbek Qosimaliyev Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi etib tayinlandi.
Tegishli farmonni mamlakat prezidenti Sadir Japarov imzoladi.
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Odilbek Qosimaliyev avvalroq Vazirlar Mahkamasi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston bosh vaziri Oqilbek Japarov 16 dekabr kuni iste’foga chiqqan edi. U 2021 yil oktyabrdan beri bosh vazir lavozimida ishlab kelayotgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter