Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Odilbek Qosimaliyev vaqtincha Qirg‘iziston Vazirlar mahkamasi va Prezident devonini boshqaradi

Odilbek Qosimaliyev vaqtincha Qirg‘iziston Vazirlar mahkamasi va Prezident devonini boshqaradi

Foto: 24.kg

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Odilbek Qosimaliyevni Vazirlar mahkamasi raisining vazifasini bajaruvchi etib tayinladi. Qosimaliyev oldingi vazifasidan ozod etilgan.

Prezident Japarov yana bir farmon bilan iqtisodiyot va tijorat vaziri Doniyor Amangeldiyevni Vazirlar mahkamasi raisining birinchi o‘ribosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlagan. Har ikki lavozimga nomzodlar tasdiqlash uchun parlamentga kiritiladi.

Bugun, 16-dekabr tongida Aqilbek Japarov Vazirlar mahkamasi raisi lavozimidan ozod etilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring