Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sadir Japarov O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi

Sadir Japarov O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi

Duyshonkul Chotonov Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi

Mamlakat prezidenti Sadir Japarov Chotonovni Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinladi. Chotonov ilgari Koreya va Vetnamda ham elchi bo‘lgan.

Chotonov 1967-yil 2-oktyabr kuni O‘shda tavallud topgan. U ilgariQirg‘izistonning Koreya Respublikasi (2011−2015) va Vetnam (o‘rindoshlik asosida, 2012−2015) dagi favqulodda va muxtor elchisi bo‘lgan.

U «Ata Meken» partiyasidan Jogorku Kenesh Qonunchilik assambleyasi deputati bo‘lgan. 2010- yilda muvaqqat hukumatda favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajargan. Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi sifatida avval Musa Jamanbayev ishlagandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring