Prezident Sirdaryo viloyati hokimini faoliyatidagi kamchiliklari uchun ishdan bo‘shatdi
Ayni paytda bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari ayrim tuman hokimlari investitsiya va eksport masalasini o‘z holiga tashlab qo‘yganini tanqid qildi.
Jumladan, o‘tgan yili Beruniy, Qorao‘zak, Qo‘ng‘irot, Peshku, Yangiobod, Qamashi, Xonqa, Shovot tumanlarida investitsiya 15 million dollarga ham yetmadi. Romitan, Dehqonobod, Mirishkor, Chiroqchi, Narpay, Nurobod va Guliston tumanlari, Ohangaron shahrida eksport kamaygan.
Ushbu 16 ta tuman va shahar hokimlariga hayfsan e’lon qilindi.
Shuningdek, hududida ivestitsiyalarni jalb qilish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va boshqa yo‘nalishlardagi faoliyatda jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev lavozimidan ozod etildi.
Endilikda investitsiya bo‘yicha yangi nazorat tizimi bo‘lishi belgilandi.
Bunda Bosh vazir bu yilgi 42 milliard dollar xorijiy investitsiya bo‘yicha oyma-oy rejani tasdiqlaydi, viloyat, shahar va tuman hokimlari, tarmoq rahbarlari haftada ikki kun investitsiya bilan shug‘ullanadi.
Mutasaddilar tinmay hududlarga borishi, tadbirkorlar bilan uchrashishi, masalasini joyida hal qilishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
Eslatib o‘tamiz, Akmaljon Mahmudaliyev Sirdaryo viloyati hokimligini 2022-yil noyabr oyidan buyon boshqarib keladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter