Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Pokiston bosh vaziri O‘zbekistonga keladi

Pokiston bosh vaziri O‘zbekistonga keladi

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif fevralning uchinchi haftasida Ozarbayjon va O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu haqda o‘z manbalariga asoslanib The News International nashri xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Shahboz Sharif ikki kunlik tashrifi davomida O‘zbekistonga tranzit savdosi uchun Karachi portidan foydalanishni taklif qiladi va muhim savdo shartnomalarini imzolaydi. Pokiston tashqi ishlar vaziri Muhammad Is’hoq Dar, qator vazirlar hamda yirik tadbirkorlar bosh vazirga hamrohlik qiladi.

Shahboz Sharifning Bokuga tashrifi esa Ilhom Aliyevning taklifiga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif O‘zbekistonga birinchi marta kelganida (2022-yil 15-16-sentyabr) Samarqandda o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida qatnashgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring