Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pokiston va Afg‘oniston urush yoqasiga kelib qoldi

Pokiston va Afg‘oniston urush yoqasiga kelib qoldi

Bir haftadan ko‘proq vaqt davomida chegaradagi vaziyat taranglashgan. 24 dekabr kuni Pokistonning Afg‘oniston sharqiga uyushtirgan havo hujumlarida kamida 46 kishi halok bo‘ldi.

Pokistonning aytishicha, hujumlarda «terrorchilar boshpanalari» nishonga olingan. Afg‘oniston rasmiylariga ko‘ra, qurbon bo‘lgan 46 kishining aksariyati ayollar va bolalardir.

Bunga javoban «Tolibon»  chegaraga harbiy texnika va 15 ming askarni joylashtirdi. Shundan so‘ng afg‘onlar bahsli chegarada Pokistonning bir nechta pozitsiyalariga hujum qildi. U yerda to‘qnashuvlar davom etmoqda.

«Tolibon» vakillari Britaniyaning Telegraph gazetasiga bergan intervyusida mojaroning har qanday keskinlashuviga tayyor ekanliklarini aytishgan:

«Ularda yadro bombasi bormi-yo‘qmi, bizni qiziqtirmaydi», deydi yuqori martabali vakillardan biri.

Pokiston rahbarlari afg‘on toliblarini pokistonlik jangarilarga boshpana berganlikda ayblamoqda. Gap birinchi navbatda «Tehrik-e-Tolibon Pokiston» (TTP) guruhi haqida bormoqda. TTP guruhi Pokistonda vayronagarchiliklar keltirib chiqarmoqda. Birgina 2024 yilda Pokiston xavfsizlik kuchlariga 444 ta hujum uyushtirilgan, kamida 685 kishi halok bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring