Pokiston bosh vaziri Mustaqillik monumentiga gul qo‘ydi

Rasmiy tashrif bilan yurtimizga kelgan Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida bo‘ldi va Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.
Mehmonga majmuaning me’moriy yechimlari hamda kompozitsiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Majmua Pokiston delegatsiyasida chuqur taassurot qoldirdi.
Ta’kidlash lozimki, mamlakatimizga tashrif buyurayotgan martabalimehmonlarning mazkur muhtasham majmua bilan tanishuvi an’anaga aylangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter