Darvozabon penaltini qaytargach vafot etdi
Braziliyaning Amazonas shtatining nomi oshkor etilmagan havaskor klubida to‘p surayotgan 16 yoshli darvozabon Edson Lopes Gama mashg‘ulot vaqtida vafot etdi. Bu haqda Globo xabar bermoqda.
Darvozabon penaltini qaytarib, o‘tkir og‘riqni his qildi va o‘rnidan turolmay qoldi. To‘p darvozabonning ko‘kragiga, to‘sh suyagiga tegdi.
Nashrning yozishicha, mashg‘ulot olis qishloq hududida bo‘lib o‘tgan va jamoadoshlari jarohat olgan darvozabonni mashinada tibbiy muassasaga olib borishga qaror qilgan. Shifoxonaga yetib borish 11 soat vaqt talab qildi va shifokorlar Gamani qutqara olmadilar.
Marhum futbolchining yaqinlari braziliyalikning yuragida hech qanday muammo yo‘qligini aytishgan. Gamaning oilasi dafn marosimiga darvozabon muxlislik qiluvchi "Gremio" klubi libosida kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter