Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Paxtakor» Elit OChL 1/8 finaliga yo‘l oldi

«Paxtakor» Elit OChL 1/8 finaliga yo‘l oldi

Birinchi marta tashkil etilgan OFK Elit Chempionlar ligasida qatnashgan «Paxtakor» turnirning 1/8 finaliga chiqdi. 

«Paxtakor» so‘nggi turda «As-Sadd»ni 2:1 hisobida yengib, turnirdagi ilk g‘alabasini nishonladi. Jamoaga g‘alaba keltiruvchi har ikki golni kolumbiyalik hujumchi Brayan Riaskos o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

Biroq o‘zbek jamoasining keyingi bosqichga chiqish masalasi boshqa o‘yinlarga bog‘liq edi va ularda «Paxtakor» uchun kerakli hisoblar qayd etildi. Xususan, muddatidan avval pley-offga yo‘l olgan Saudiya Arabistoni grandlari so‘nggi o‘yinda yutqazishmadi va o‘z-o‘zidan vakilimiz uchun 1/8 final eshiklari ochildi: «An-Nasr» «Persepolis» bilan durang (0:0) o‘ynadi, «Al-Ahli» esa «Al-G‘arafa»ni yengdi (4:2).

8 o‘yindan so‘ng 7 ochko to‘plagan «Paxtakor» kamida 8-o‘rindan (12 jamoadan 8 tasi chiqadi) pastga tushmaydigan bo‘ldi va Elit OChL pley-off bosqichida o‘ynovchi ilk o‘zbek klubiga aylandi. Nimchorakfinaldagi raqib «Al-Hilol» yoki «Al-Ahli» bo‘ladi.

Shu tariqa G‘arb mintaqasida 7 ta yo‘llanma egasi aniq bo‘ldi: «Al-Ahli», «Al-Hilol», «An-Nasr» (barchasi — Saudiya Arabistoni), «As-Sadd», «Ar-Rayyan» (ikkalasi — Qatar), «Al-Vasl» (BAA) va «Paxtakor» (O‘zbekiston).

So‘nggi 8-ishtirokchi Eron jamoasi bo‘ladi. Bugun, 18-fevral kuni Jaloliddin Masharipov o‘ynaydigan «Istiqlol» «Ar-Rayyan»ga yutqazmasa keyingi bosqichga chiqadi, «Istiqlol» mag‘lub bo‘lgan taqdirda Oston O‘runov va «Persepolis» pley-offda o‘ynaydi — har ikki holatda ham o‘zbekistonlik futbolchi turnirdagi ishtirokini davom ettiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring