Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

YChL. «Real» superkambek evaziga «MS»ni yengdi, «PSJ» va «Dortmund»ning bir oyog‘i 1/8 finalda

YChL. «Real» superkambek evaziga «MS»ni yengdi, «PSJ» va «Dortmund»ning bir oyog‘i 1/8 finalda

Foto: Championat.com

Yevropa Chempionlar ligasida 1/8 finalga o‘tish bosqichining bir nechta o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Safarda o‘ynashiga qaramasdan, «PSJ» — «Brest», «Borussiya Dortmund» — «Sporting» ustidan ishonchli g‘alaba qozonib, 1/8 final masalasini deyarli hal qildi. «Yuventus» esa o‘z maydonida «PSV» ustidan qiyin g‘alabaga erishdi.

Markaziy o‘yinda «Manchester Siti» amaldagi chempion «Real»dan alamli mag‘lubiyatga uchradi. Holandning dubliga Mbappe va Dias javob berib hisobni tenglashtirishdi, 90+2-daqiqada esa Bellinghem madridliklarga g‘alaba golini sovg‘a qildi. «Manchester Siti»ning o‘zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov zaxirada qoldirildi.

Javob bellashuvlari 19-fevral kuni o‘tkaziladi.

YChL. 1/8 finalga chiqish uchun o‘tish bosqichi

Birinchi o‘yin

Brest — PSJ 0:3

Gollar: Vitinya (21, penalti), Dembele (45, 66).

Sporting — Borussiya D 0:3

Gollar: Girassi (60), Gross (68), Adeyemi (82).

Yuventus — PSV 2:1

Gollar: Makkenni (34), Mbangula (82) — Perishich (56).

Manchester Siti — Real 2:3

Gollar: Holand (19, 80 penalti) — Mbappe (60), Dias (86), Bellinghem (90+2).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring