Paxta-to‘qimachilik klasterlariga berilgan imtiyozli kredit muddati 2025-yil 1-aprelgacha uzaytirildi
Paxta-to‘qimachilik klasterlarining moliyaviy barqarorligi bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi. Ularga berilgan imtiyozli kredit muddati 2025 yil 1 aprelgacha uzaytirilishi belgilandi.
O‘tgan yili paxta yetishtirish uchun olingan kreditni muddatida to‘liq qaytargan klasterlarga imtiyozli kreditning 8 foizi qaytariladi.
Bu yil paxta xaridi uchun imtiyozli kredit klasterlarning ip-yigiruv korxonalariga beriladi.
Klasterlar sotib olingan paxta tozalash zavodi qiymatining kamida 35 foizini to‘lasa, bu mulkni garovga qo‘yishga ruxsat beriladi.
Mutasaddilarga chuqur tahlil qilib, iqtisodiy samarasiz, moliyaviy majburiyati yuqori bo‘lgan klasterlar maqomini qayta ko‘rib chiqish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter