O‘zbekistonlik kurashchilar Osiyo chempionati ilk kunini muvaffaqiyatli boshladi

O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionati ilk kunida 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Milliy Olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, kecha, 25 mart kuni Iordaniya poytaxti Amman shahrida sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionati start oldi. Musobaqada ishtirok yetayotgan O‘zbekiston terma jamoasi dastlabki kunning o‘zida 3 ta oltin va 1 bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Musobaqada yunon-rum kurashi bo‘yicha kechayotgan bahslarda Aytjan Xalmaxanov (-63), Aram Vardanyan (-77) hamda Jalgasbay Berdimuradov (-87) oltin medallarga ega chiqishdi. -55 vazn toifasida kurash tushgan Ixtiyor Botirov esa bronza medali sohibiga aylandi.
Shuningdek, bugun yana 5 vazn toifasida bellashuvlar o‘tkaziladi. Unda kurash tushadigan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari va ularning ilk raqiblari bilan tanishing:
- -60 kg: Alisher G‘aniyev – Ali Abdunosir (Iordaniya) / Ziyue Si (Xitoy)
- -67 kg: Nozimjon Boyqo‘ziyev – Muntxir Jandu (Saudiya Arabistoni)
- -72 kg: Abdullo Aliyev – Begmirat Nobatov (Turkmaniston) / Ahmed Baraxman (Saudiya Arabistoni)
- -82 kg: Muhammadqodir Rasulov – Mohammad Nag‘usi (Eron)
- -97 kg: Behruz Barnoyev – Ibrohim Fallatah (Saudiya Arabistoni)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter