Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston yunon-rum kurashi bo‘yicha Osiyoda ikkinchi bo‘ldi

O‘zbekiston yunon-rum kurashi bo‘yicha Osiyoda ikkinchi bo‘ldi

Shu kunlarda Iordaniya poytaxti Amman shahrida sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Kecha, 26-mart kuni yunon-rum kurashlari yakunlandi va unda kurashga tushgan O‘zbekiston terma jamoasi vakillaridan Alisher G‘aniyev (-60 kg) va Abdullo Aliyev (-72 kg) kumush medallariga ega chiqishdi. Shu tariqa, yunon-rum kurashida O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, musobaqaning 3-kuni doirasida bugun ayollar kurashi bo‘yicha 5 nafar O‘zbekiston vakili gilamga chiqadi va ularning raqiblari quyidagi sportchilar:

-50 kg: Aktenge Keunimjayeva – shimoliy koreyalik Myong Von va turkmanistonlik Gozel Kurbanova juftligi g‘olibi bilan
-55 kg: Dilshoda Matnazarova – Layal Sukkar (Iordaniya)
-59 kg: Sarbinaz Jiyenbayeva – Pyol Xong (KXDR)
-68 kg: Nabira Esenbayeva – Gulnura Tashtanbekova (Qirg‘iziston)
-76 kg: Ozoda Zaripboyeva –Yangla Yangla (Xitoy)

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring