Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonlik mutaxassis o‘zbek va qozoq futbolini taqqosladi

O‘zbekistonlik mutaxassis o‘zbek va qozoq futbolini taqqosladi

Qozog‘istonning «Sports.kz» portali «Paxtakor» akademiyasida faoliyat olib borayotgan murabbiy Pavel Purishkin bilan suhbatlashib, O‘zbekiston va Qozog‘iston futboli, shuningdek, Qozog‘iston terma jamoasi bosh murabbiyi Ali Aliyevning yaqinda bergan intervyusi haqida fikrlarini so‘radi.

- Terma jamoamiz bosh murabbiyi Ali Aliyev agar Qozog‘iston Osiyo mintaqasida bo‘lsa, albatta Jahon chempionatiga yo‘l olishini aytgandi. Ushbu fikr haqiqatga qanchalik mos keladi?

- Menimcha, u nima deyayotganini o‘zi ham tushunmaydi. Bu asosan, o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirish va ko‘pchilikning e’tiborini jalb qilish uchun aytilganga o‘xshaydi. U aytganidek bo‘lishiga shubha qilaman. Lixtenshteyn ustidan g‘alaba qozonish ajoyib ko‘rsatkich emas... O‘ylaymanki, Aliyev bularning barchasini jamoatchilik e’tiborini o‘ziga qaratish uchun aytdi.

- Sizningcha, Qozog‘istonga Jahon chempionati yoki Yevroga chiqish uchun nima kerak?

- Hamma narsani butunlay o‘zgartirish kerak. «Qayrat»ning yakka hukmronligiga chek qo‘yib, o‘zgarishlarni bolalar futbolidan boshlash kerak. Bilaman, sizdagi o‘smirlar uchun qishda mashq qiladigan joy yo‘q. Barcha muammolarning sababi korrupsiyadir. Biroq, biz qardosh mamlakat bo‘lganimiz uchun Qozog‘istonnning Jahon chempionatiga ham, Yevropa chempionatiga ham chiqishini istaymiz.

Ma’lumot o‘rnida, Aliyev yaqinda «biz Osiyoda bo‘lganimizda qiyinchiliksiz mundialga chiqardik, Osiyo jamoalariga ko‘p baho bermanglar», deya intervyu bergandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring