Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ramazon hayiti 30-mart kuni nishonlanadi

Ramazon hayiti 30-mart kuni nishonlanadi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekistonda Ramazon hayiti 30-mart kuni nishonlanadi. Bu haqda prezident qarori e’lon qilindi

"Joriy yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 30- mart – yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilinib, mamlakatimizda 2025-yil 30-mart kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlansin", deyiladi qarorda. 

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq:

- ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanuvchi Ramazon hayitining birinchi kuni 2025-yilda yakshanba – dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 31 mart – dushanba kuniga ko‘chirilishi;

- bunda ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat ko‘rsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari to‘xtatib qo‘yish mumkin bo‘lmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari ko‘chirilmasligi belgilangan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring